Koronavirusning xavfli “delta” shtammi mutatsiyaga uchradi
Salomatlik
−
20 Oktabr 2021
11724Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi avvalgisiga qaraganda 10-15 foiz yuqumliroq shtammi aniqlandi. Bu haqda “Financial Times” nashri xabar berdi.
Gap AY.4.2 varianti haqida bormoqda. Uni “delta” shtammining o‘zgarishini kuzatib boruvchi virusologlar aniqladi. Bu butun pandemiyaning eng yuqumli shtammiga aylanishi mumkin, demoqda London universiteti Genetika instituti direktori Fransua Ballou.
Uning fikricha, koronavirusning yangi mutatsiyasining paydo bo‘lishi “tasodifiy demografik hodisa” bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, hozirda shifokorlar Buyuk Britaniyada kasallanganlarning 10 foizida yangi shtammni aniqlamoqda.
Kembrijdagi Uellkoma Sanger instituti olimi Jeffri Barretning fikricha, koronavirusning yangi mutatsiyasining tarqalishi fuqarolar koronavirusga qarshi cheklovlarga rioya qilmaganliklarining natijasi bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi