Koronavirusning “britancha” shtammi dunyoning deyarli yarmini egalladi

Olam

image

So‘nggi bir hafta ichida Buyuk Britaniyada topilgan VOC 202012/01 koronavirusining yuqumli turi yana yetti mamlakatda qayd etildi. Shu bilan ushbu shtamm dunyoning jami 101 ta davlatida aniqlandi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) o‘zining haftalik yangiliklarida xabar berdi.

“16 fevraldagi so‘nggi yangilanishimizdan beri VOC 202012/01 yana yetti mamlakatda kuzatildi. 23 fevral holatiga ko‘ra, 101 davlat JSSTga ushbu shtamm ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida xabar berdi”, deyiladi hujjatda.

Birinchi marta Janubiy Afrikada (501Y.V2) topilgan koronavirusning yana bir turi ham o‘z geografiyasini kengaytirdi. So‘nggi bir hafta ichida ushbu shtamm yana beshta davlatda aniqlangan, ularning umumiy soni 51 taga yetdi. JSSTning ta’kidlashicha, ushbu shtammdagi mutatsiyalar virusga immunitet tizimining ta’siridan qochishga yordam beradi. Bundan kelib chiqadiki, ushbu shtamm COVID-19 bilan kasallangan yoki emlanganlar uchun ham xavflidir.

Avvalroq Yaponiya va Braziliyada topilgan bu shtamm yana sakkizta mamlakatda aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusning “britancha” shtammi joriy yilning 30 yanvar kuni O‘zbekistonda ham aniqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

149

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing