Koronavirusning simptomsiz tashuvchilarini qanday bilsa bo‘ladi?
Salomatlik
−
19 iyun 2020
16314Koronavirusga chalingan odamda uning alomatlari seziladi – tana haroratining ko‘tarilishi, nafas olishning qiynlashishi, yo‘tal va boshqalar. Ammo ushbu virusni simptomsiz (klinik belgilari bo‘lmagan) tashuvchilari ham bor-ki, bu yanada xavflidir.
"Yashirin" bemorlar, simptomsiz virus tashuvchilari ko‘p hollarda yon-atrofdagilar uchun infeksiya manbai bo‘lib qoladi.
Bunga sabab — inson o‘zini tetik his qilishi natijasida tekshiruv natijalari olingunga qadar faol hayot tarzi bilan yashashda davom etadi. Bunday hollarda ko‘pincha karantin qoidalariga rioya qilish tavsiyalari buziladi.
Simptomsiz holatlarda infeksiya qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar shilliq qavatda, ajratmalarda bo‘ladi, lekin hech qanday alomatlarni namoyon etmaydi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘pincha alomatlar virus yo‘qolmaguncha paydo bo‘lmaydi. Biroq simptomsiz deb hisoblangan ko‘p bemorlarda kasallik yashirin davrda bo‘lishi, alomatlar esa sekin-asta rivojlanishi mumkin.
Kompyuter tomografiyasi virusli pnevmoniyani aniqlaydi, bemorning ahvoli esa kutilmaganda og‘irlashishi mumkin.
LiveBarchasi