Koronavirusga qarshi yana 1,5 million doza o‘zbek-xitoy vaksinasi keltirildi

Jamiyat

image

Bugun, 5 sentyabr kuni Xitoydan O‘zbekiston olimlari bilan hammualliflikda tayyorlangan koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasidan yana 1,5 million doza olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Bundan avval ZF-UZ-VAC2001 ning:

  • 27 martda — 1 million doza;
  • 27 aprelda — 1 million doza;
  • 18 mayda —  1 million doza;
  • 19 mayda —  500 ming doza;
  • 10 iyunda — 1 million doza;
  • 29 iyunda — 1 million doza;
  • 30 iyunda — 1 million doza;
  • 20 iyulda — 1 million doza; 
  • 21 iyulda — 1 million doza;
  • 5 avgustda — 1 million doza;
  • 6 avgustda — 1 million doza;
  • 22 avgustda — 3 million doza partiyalari keltirilgan.

Shunday qilib, O‘zbekistonga keltirilgan jami vaksina 19 million 446 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan: 

  • 460 000 dozasi "Sputnik V", 
  • 986 480  dozasi AstraZeneca,
  • 15 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  •  3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 15 004 856 doza vaksinadan foydalanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 2 123 460 nafarni tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing