Koronavirusga qarshi samarali bo‘lgan yagona dori nomi aytildi

Salomatlik

image

Jahon Sog‘liq saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adanom Gebreisus koronavirusni davolashdagi eng samarali bo‘lgan yagona dori vositasi nomini ma’lum qildi. U bu haqda kecha, 16 oktyabr kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda gapirgan.

JSST Bosh direktoriga ko‘ra, Deksametazon hozirgi kunda yangi turdagi COVID-19 ning og‘ir shaklini davolashda eng samarali yagona dori bo‘lib qolmoqda.   

"Bugungi kunga kelib, kortikosteroid deksametazon COVID-19 ning og‘ir turini boshdan kechirayotgan bemorlarni davolashda samaradorligini ko‘rsatgan yagona terapevtik vosita bo‘lib qolmoqda", deydi u. 

Tedros Adanom Gebreisus "Birdamlik" deb nomlangan loyihada dori vositalarining samaradorligini keng miqyosda o‘rganish natijasida JSST iyun oyida gidroksixlorokin (plakvenil) va iyul oyida lopinavir va ritonavir kombinatsiyasini qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlarni to‘xtatilganini esladi. 

Uning qayd etishicha, xaridorgir bo‘layotgan qolgan ikki dori ham o‘limning oldini olishga juda oz ta’sir qiladi. 

"Hozir ushbu tadqiqotning vaqtinchalik natijalari shuni ko‘rsatadiki, qolgan ikki dori – remdesivir va interferon o‘limning oldini olishga yoki shifoxonada qolish muddatini qisqartirishga juda oz ta’sir qiladi", deydi Tedros Adanom Gebreisus


Maqola muallifi

Teglar

JSST Koronavirus Tedros Adanom Gebreisus

Baholaganlar

925

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing