Koronavirusga qarshi preparatning organizmga zarari aniqlandi

Salomatlik

image

Farmakologlar koronavirusni davolashda foydalaniladigan favipiravirda va asosida shu prepart bor dori vositalarida inson organizmining motor funksiyalarini ishdan chiqarishuvchi qarshi ta’sirga ega ekanini aniqladi. Bu haqda “Izvestiya” nashri yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni farmakoterapiyalash masalasi bo‘yicha axborot markaziga tayanib xabar berdi.

“Motor funksiyalar buzilishi va tushishi kabi yangi, to‘liq hujjatlashtirilmagan yoki avval ro‘yxatga olinmagan yoqimsiz ta’sirlarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lish kerak”, deyilgan markazning qarshi ta’sirlar yuzasidan o‘tkazgan tahlillari yoritilgan hujjatda.

Shifokor, farmakolog, Norvegiyaning OsloMet universiteti sog‘liqni saqlash fakulteti dotsenti Yuriy Kiselyov favipiravir ilk bor Yaponiyada 2014 yilda ro‘yxatga olinganini eslatib, preparat atipik grippni davolashda qo‘shimcha vosita vazifasini bajargan. Koronavirus pandemiyasigacha keng qo‘llanilmagan.

Nashrning ta’kidlashicha, tarkibida ushbu faol modda bo‘lgan Yaponiyaning “Avigan” preparati qo‘llanmasida yangi nojo‘ya ta’sirlar to‘g‘risida ogohlantirish paydo bo‘lgan.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, u yerda motor funksiyalar buzilish va tushishi xavfining oshishi ehtimoli ko‘rsatilgan, ammo favipiravir yordamida ushbu hodisalarning o‘zaro munosabatlari hali tasdiqlanmagan.

Bundan tashqari, olimlar preparatni ishlab chiqaruvchilar uning SARS-CoV-2 ga qarshi samaradorligini tasdiqlovchi birorta keng ko‘lamli ilmiy tadqiqot e’lon qilmaganiga e’tibor qaratgan.

“Roszdravnadzor” bunday qarshi ta’sirlarni aniqlamagan. Ayni vaqtda “Farmakonadzor 2.0” ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, noodatiy motor kasalliklari, shu jumladan harakatning pasayishi bilan bog‘liq reaksiyalarning rivojlanishi haqida hech qanday ma’lumot tushmagan.

Qayd etilishicha, “Roszdravnadzor”ushbu dorivor mahsulotlarning xavfsizligini nazorat qilishga alohida e’tibor beradi va agar ushbu dori vositalaridan tibbiy foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalarni o‘zgartirish zarurati tug‘ilsa, bunday o‘zgarishlar amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

favipiravir

Baholaganlar

342

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar