Koronavirusga qarshi dorining noqonuniy aylanmasi fosh qilindi
3-sahifa
−
06 Sentabr 2021
7264Toshkentning Yangihayot tumanida koronavirusga qarshi dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Tezkor tadbirda, “B” MCHJ ta’sischisi S.I. pandemiya sharoitida talab yuqori bo‘lgan dori vositalarini dorixonalardan tashqarida sotib daromad orttirishni ko‘zlagani aniqlangan. Shu maqsadda u xaridorga “Favilok, Favipravir tablets 200 mg” dori vositasini har bir qutisini 450 ming so‘mdan hisoblab, jami 264 qutisini 118,8 mln so‘mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi