Koronavirus: dunyo rekordi yangilandi

Olam

image

Kecha, 4 iyul kuni dunyo miqyosida koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. Bu haqda Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, bir sutka ichida butun dunyoda yangi turdagi koronavirus COVID-19 ga chalingan bemorlar soni 212 326 kishiga ortgan. Yangi kasallanish holatlarining eng ko‘p AQSH, Braziliya va Hindistonga to‘g‘ri kelmoqda. 

Shuni eslatish o‘rinliki, bundan oldingi rekord joriy yilning 28 iyun kuni qayd etilgan edi. Shu kuni dunyo bo‘yicha 189 mingdan ortiq yangi holat aniqlangandi. 

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, ayni kunlarda koronavirusdan vafot etayotganlar soni kuniga taxminan 5 ming kishini tashkil etmoqda. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni 11 million 279 465 kishi tashkil etmoqda. Ulardan 6 million 69 717 nafari sog‘aygan, 531 056 nafari vafot etgan. 

O‘zbekistonda esa kasallanish holatlari 9829 tani tashkil etmoqda. Bemorlarning 6425 nafari sog‘aygan, 31 nafari vafot etgan. Mamlakatda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha so‘nggi rekord 3 iyul kuni qayd etildi. Shu kuni 318 kishida koronavirus aniqlandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

729

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing