Koronavirusga chalinganlar kofe yoki energetik ichimlik ichishi mumkinmi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

COVID-19 bilan kasallanganlarga kofeini bor yoki energetik ichimliklar ichish tavsiya etilmaydi. Bu haqda diyetolog Yelena Solomatina aytib o‘tdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik infeksiyani yuqtirganda charchoq sezishadi, boshi aylanadi, lekin uxlash o‘rniga tetiklashishga harakat qiladi. Asab tizimini qo‘zg‘atuvchi energetik ichimliklar va kofe ichishadi.

“Uyquning shifo ekanligini tushunishingiz kerak. Tananing dam olishga bo‘lgan talabini sun’iy ravishda buzishga urinishning hojati yo‘q, chunki koronavirusda dam olish juda muhimdir. Shuning uchun qahva va energetik ichimliklar ushbu holatda juda zararli”, deydi Yelena Solomatina.

Solomatina, kasallik paytida ko‘proq suv ichish kerakligini tushuntiradi, kofein esa aksincha, suvsizlanishga olib keladi. Shu sabab to‘liq tuzalib ketgunga qadar kofeini bor va energetik ichimliklarni ichmaslik zarur.

Bundan tashqari, diyetolog shakar, tuz va gazlangan ichimliklardan voz kechishni tavsiya qiladi. Zararli bakteriyalar ham qayta ishlangan go‘sht konserva va kolbasani juda yaxshi ko‘radi.

"Ko‘p miqdorda tuz qonni quyuqlashtiradi uning normal oqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bunda immunitet tizimining oqsillari tezda kerakli joyga yetib bora olmaydi", deb tushuntiradi ekspert.

Diyetologning fikriga ko‘ra, sabzavot, meva, dengiz mahsulotlari, yog‘li baliq va sut mahsulotlarini ko‘proq iste’mol qilish kerak.

"Bizga A vitamini ham kerak, u tuxum sarig‘ida mavjud. Shuningdek, to‘q sariq rangli oziq-ovqatlarda bo‘lgan karotinoidlar. Ular shilliq qavatni mustahkamlaydi”, deya maslahat beradi mutaxassis.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing