Koronavirusga chalinganlar bilan muloqot qilib ham virus yuqtirmaslik mumkinmi?
Foydali
−
28 Oktabr 2020
7513Ba’zi odamlar koronavirusga chalinganlar bilan muloqot qilsa ham virus yuqtirib olmasligi mumkin. Bu haqda immunolog Georgiy Vikulov ma’lumot bergan.
Unga ko‘ra, bunday holat virusga irsiy qarshilik yoki immunitet tizimining ma’lum bir ta’siri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, koronavirusga chalingan bemorlar bilan takroriy aloqada bo‘lib ham, kasal bo‘lmagan odamlar guruhi mavjud. Ular shaxsiy himoya vositalaridan foydalanmasa ham, karantin qoidalariga rioya qilmasa ham, koronavirus yuqtirib olmaydi.
"Ehtimol, bu immunitet ta’siri. Ehtimol, virus yukining kamligi. Yoki ushbu omillarning yig‘indisi", degan Vikulov.
Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar 44 milliondan oshgan. 1 milliondan ko‘p kishi virus qurboni bo‘lgan.
LiveBarchasi