Koronavirusga chalinganlar 99 mingdan oshdi, 2 kishi vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 99 ming nafardan oshdi, yana 2 bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 25 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 215 kishiga ortib, 99 064 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 1 nafari Andijon viloyatida;
  • 1 nafari Buxoro viloyatida;
  • 3 nafari Jizzax viloyatida;
  • 3 nafari Navoiy viloyatida;
  • 4 nafari Namangan viloyatida;
  • 46 nafari Samarqand viloyatida;
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 4 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 2 nafari Xorazm viloyatida;
  • 38 nafari Toshkent viloyatida;
  • 104 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 nafar;
  • Buxoro viloyatida 5 nafar;
  • Jizzax viloyatida 4 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 1 nafar;
  • Navoiy viloyatida 3 nafar;
  • Namangan viloyatida 3 nafar;
  • Samarqand viloyatida 34 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 5 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 2 nafar;
  • Toshkent viloyatida 28 nafar;
  • Toshkent shahrida 201 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 94683 (+298) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 684 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3697 nafar bemor davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

64

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing