Koronavirusga chalingan Qonliko‘l tumani hokimi vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 24 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi Daulet Ayapbergenovich Tolibayev olamdan o‘tdi. Bu haqda Qonliko‘l tumani hokimligi xabar berdi.

Daulet Tolibayev 1983 yil 18 oktyabrda Nukus shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 2004 yilda boshlagan Tolibayev uzoq yillar irrigatsiya sohasida turli tashkilotlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 

Daulet Tolibayev 2019 yildan buyon Qonliko‘l tumani hokimi edi.

O‘zAning yozishicha, Daulet Tolibayev bir necha kun oldin koronavirusga chalinib, shifoxonaga yotqizilgan edi. Biroq, ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Daulet Tolibaev

Baholaganlar

701

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar