Koronavirusdan sog‘ayganlar ham vaksina qabul qilishi mumkinmi? Mutaxassis javob berdi

Salomatlik

image

COVID-19 ga qarshi emlash tadbirlari qachon boshlanadi va kimlar birinchi galda emlanadi? Ular qayerda emlanadi? Shu kabi muhim savollariga vazirlik huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov javob berdi.  

– Koronavirus infeksiyasidan kasallanib, sog‘ayganlar ham vaksina qabul qilishi kerakmi?

– Ha, virusning o‘zgaruvchan ekanligi, doimiy ravishda mutatsiyaga uchrashi, “COVID-19” bilan bog‘liq xavflarning yuqoriligi va koronavirus bilan qayta kasallanish ehtimolining borligi sababli, ushbu kasallik bilan avval kasallangan bo‘lishidan qat’i nazar, emlanish tavsiya etiladi.

– Fuqarolar qayerda emlanadi?

Koronavirusga qarshi emlash ishlari ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinika, oilaviy shifokor punktlarida va mobil guruhlar tomonidan amalga oshiriladi. Hududiy ambulatoriya-poliklinika xizmati tomonidan fuqarolarga emlanadigan kuni, vaqti va joyi haqida, albatta, xabar beriladi. 

Emlash ishlarini esa maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, alohida sertifikatlarga ega bo‘lgan vaksinatorlar amalga oshiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

88

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing