Koronavirusdan davolanib, uyiga yo‘l olgan bemor ko‘chada vafot etdi
Olam
−
09 dekabr 2020
40180Rossiyaning shimoliy poytaxti hisoblanuvchi Sankt-Peterburgda koronavirusdan davolanib uyiga yo‘l olgan keksa bemor o‘z xonadoniga yetib borolmay ko‘chada vafot etdi. Bu haqda TASS xabar bergan.
Erkak kecha, 8 dekabr kuni Krasnoselskiy tumanidagi Doblesti ko‘chasida vafot etgan.
Manbaga ko‘ra, bemorga ambulator davolanish uchun uyga ruxsat berilgan.
Qayd etilishicha, bemorning oilasi izolyatsiya uchun unga alohida kvartira olib bergan bo‘lgan.
1955 yilda tug‘ilgan bemorning shifoxonadan chiqishiga o‘g‘li kutib olgan, ammo bemor kvartiraga yetib borolmagan.
Ma’lumotga ko‘ra, uning o‘limi yuzasidan ekspertiza ishlari olib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburgda koronavirus pandemiyasi tarqalishi tezlashgani munosabati bilan to‘liq lokdaun joriy qilinishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Rossiyada koronavirusga chalinganlar 2,54 mlndan oshgan. 44 mingdan ko‘p bemor vafot etgan.
LiveBarchasi