Koronavirusdan 100 foiz himoyalovchi usul ma’lum qilindi

Salomatlik

image

Agar “Sputnik V” vaksinasi bilan emlanib, keyin burunga tomiziladigan vaksina bilan revaksinatsiya qilinsa, bu nafaqat koronavirusni og‘ir kechishidan, balki virusdan ham to‘liq himoyani ta’minlaydi. Bu haqda Gamaleya milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg ma’lum qildi.

“O‘ylashimcha, buni klinik sinovlar davomida o‘rganish kerak bo‘lsa-da, bunday immunitet steril bo‘ladi, ya’ni emlangan odamda kuchli immmunitet paydo bo‘ladi”, deydi Ginsburg.

Ilmiy-tadqiqot instituti rahbarining so‘zlariga ko‘ra, preparat qo‘llanilganda inson organizmida virus paydo bo‘lishiga qarshi “to‘siq” shakllanadi.

Ma’lumot uchun, 2020 yil avgust oyida Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Gamaleya tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Sputnik V” yoki  “GamKovidVak” dunyodagi ro‘yxatdan o‘tkazilgan birinchi vaksina bo‘lgandi.

Vaksina 1 bosqichdan iborat bo‘lib, bugungi kunda u koronavirusga qarshi 93% samaradorlik ko‘rsatmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

729

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing