Koronavirus Janubi-Sharqiy Osiyo shaharlari uchun yaxshilikka xizmat qilgani aytildi
Olam
−
08 may 2020
3226Koronavirus pandemiyasi tufayli kiritilgan karantin va boshqa cheklov choralari Janubi-Sharqiy Osiyo shaharlarida ekologik vaziyatning yaxshilanishiga olib keldi. Bu haqda Energetika va toza havoni tadqiq qilish markazi nodavlat tashkiloti ma’lum qildi.
Tadqiqotga ko‘ra, mart oyining o‘rtalaridan may oyining boshlariga qadar Jakarta, Kuala Lumpur, Manila, Singapurda azot oksidi (NO2) darajasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada pasaygan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu sanoatda ishlab chiqarish sur’atlarining kamayishi va transport harakatining pasayishi bilan bog‘liq. Masalan, Malayziya poytaxtida bu ko‘rsatkich deyarli 60 foizga, Filippinda - 45 foizga, Indoneziyada - 40 foizga va Singapurda - 30 foizga pasaydi. Eng kam ko‘rsatkich Tailand poytaxtida qayd etildi – 20 foiz.
Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, Kambodja va Laosdagi vaziyat koronavirus pandemiyasi tufayli cheklov choralari ko‘rilmagan joylarda deyarli o‘zgarishsiz qolgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, har yili janubiy-sharqiy Osiyoda noqulay ekologik vaziyat tufayli kelib chiqadigan kasalliklardan 800 mingga yaqin kishi hayotdan ko‘z yumadi.
LiveBarchasi