Koronavirus: yanvar boshidan beri ilk bor kunlik kasallanish 300 dan kamaydi

Jamiyat

image

Kecha, 15 fevral kuni O‘zbekistonda 296 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi va 7 yanvardan beri ilk bor kunlik kasallanish 300 dan kam bo‘ldi. Mamlakatda bu kasallikka chalinganlar soni 234359 nafarga yetdi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 8 nafari Andijon viloyatida;
  • 8 nafari Buxoro viloyatida;
  • 7 nafari Jizzax viloyatida;
  • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 3 nafari Navoiy viloyatida;
  • 5 nafari Namangan viloyatida;
  • 17 nafari Samarqand viloyatida;
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 16 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 10 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 4 nafari Xorazm viloyatida;
  • 49 nafari Toshkent viloyatida;
  • 157 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 96 nafar;
  • Andijon viloyatida 23 nafar;
  • Buxoro viloyatida 15 nafar;
  • Jizzax viloyatida 40 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 5 nafar;
  • Navoiy viloyatida 7 nafar;
  • Namangan viloyatida 71 nafar;
  • Samarqand viloyatida 33 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 13 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 53 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 56 nafar;
  • Xorazm viloyatida 19 nafar;
  • Toshkent viloyatida 97 nafar;
  • Toshkent shahrida 782 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 220466 (+1310) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1609 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 52 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing