Koronavirus. Yangi bemorlar va o‘ta og‘ir ahvoldagilar haqida ma’lumot berildi
Jamiyat
−
15 may 2021
8922O‘zbekiston tibbiyot muassasalarida 3870 nafar bemor davolanmoqda, ularning 232 nafari og‘ir, 69 nafari o‘ta og‘ir ahvolda. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 14 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 251 kishiga ortib, 96 368 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 5 nafari Andijon viloyatida;
- 2 nafari Buxoro viloyatida;
- 3 nafari Jizzax viloyatida;
- 2 nafari Navoiy viloyatida;
- 26 nafari Samarqand viloyatida;
- 5 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
- 6 nafari Xorazm viloyatida;
- 28 nafari Toshkent viloyatida;
- 168 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Buxoro viloyatida 3 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 5 nafar;
- Navoiy viloyatida 4 nafar;
- Namangan viloyatida 4 nafar;
- Samarqand viloyatida 153 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 6 nafar;
- Toshkent viloyatida 35 nafar;
- Toshkent shahrida 114 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 91831 (+324) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3870 nafar bemor davolanmoqda, ularning 232 nafari og‘ir, 69 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi