Koronavirus va pnevmoniya: 9 kishi vafot etdi
Jamiyat
−
05 Sentabr 2021
56012021 yil 4 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 159871 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 662 kishida koronavirus aniqlangan. 6 nafar koronavirusdan, yana 3 nafar bemor pnevmoniyadan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 66 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 21 nafari Andijon viloyatida,
- 14 nafari Buxoro viloyatida,
- 17 nafari Jizzax viloyatida,
- 10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 8 nafari Navoiy viloyatida,
- 17 nafari Namangan viloyatida,
- 52 nafari Samarqand viloyatida,
- 16 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 11 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 53 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 19 nafari Xorazm viloyatida,
- 119 nafari Toshkent viloyatida,
- 239 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 71 nafar,
- Buxoro viloyatida 24 nafar,
- Jizzax viloyatida 32 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 14 nafar,
- Navoiy viloyatida 13 nafar,
- Namangan viloyatida 45 nafar,
- Samarqand viloyatida 74 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 19 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 63 nafar,
- Toshkent viloyatida 99 nafar,
- Toshkent shahrida 134 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 151655 (+588) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1112 nafarni tashkil qildi.
LiveBarchasi