Koronavirus va pnevmoniya: 700 dan ortiq yangi bemor va 6 o‘lim qayd etildi

Jamiyat

image

2021 yil 11 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 164364 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 594 kishida koronavirus aniqlangan.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    68 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
•    19 nafari Andijon viloyatida,
•    14 nafari Buxoro viloyatida,
•    13 nafari Jizzax viloyatida,
•    8 nafari Qashqadaryo viloyatida,
•    9 nafari Navoiy viloyatida,
•    20 nafari Namangan viloyatida,
•    73 nafari Samarqand viloyatida,
•    12 nafari Sirdaryo viloyatida,
•    19 nafari Surxondaryo viloyatida,
•    57 nafari Farg‘ona viloyatida,
•    16 nafari Xorazm viloyatida,
•    85 nafari Toshkent viloyatida,
•    181 nafari Toshkent shahrida fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 73 nafar,
•    Buxoro viloyatida 11 nafar,
•    Jizzax viloyatida 25 nafar,
•    Qashqadaryo viloyatida 10 nafar,
•    Navoiy viloyatida 16 nafar,
•    Namangan viloyatida 23 nafar,
•    Surxondaryo viloyatida 20 nafar,
•    Farg‘ona viloyatida 70 nafar, 
•    Xorazm viloyatida 22 nafar,
•    Toshkent viloyatida 98 nafar,
•    Toshkent shahrida 217 nafar bemor sog‘aydi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 156495 (+585) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1153 nafarni tashkil qildi.

Kecha, 11 sentyabr kuni 122 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 25382 nafarga yetdi. Kecha ularning 284 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 19575 nafarni tashkil qilmoqda. 1 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 204 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing