Koronavirus va grippdan himoyalanish uchun muhim tavsiyalar

Salomatlik

image

Rossiya iste’molchilar huquqlari va inson farovonligini himoya qilish sohasini nazorat qilish bo‘yicha federal xizmati (Rospotrebnadzor) koronavirus infeksiyasi va o‘tkir respirator virusli infeksiya yuqtirishning oldini olish bo‘yicha muhim bo‘lgan tavsiyalarni yana bir bor eslatdi. Pandemiya davrida sog‘liqni saqlashning oltin qoidalari bilan tanishing.

1. Qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvish. Qo‘llar gigiyenasi gripp va koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Qo‘llarni sovunlab yuvish viruslarni yo‘q qiladi. Agar sovun bilan yuvish imkoni bo‘lmasa, spirtli vositalar yoki dezinfeksiyalovchi salfetkalardan foydalanish tavsiya etiladi. 

2. Kamida 1,5 metr xavfsiz masofa saqlash. Iloji bo‘lsa, odamlar ko‘p bo‘lgan joylarga umuman bormaslik tavsiya qilinadi.

3. Sog‘lom turmush tarzini saqlash. Bunga yaxshi uxlash, oqsil, vitamin va minerallarga boy ovqatlarni iste’mol qilish, jismoniy faollik kabilar misol bo‘la oladi.

4. Niqob taqish. Odam gavjum joylarga borganda, jamoat transportiga chiqqanda, o‘tkir respirator virusli infeksiyaga chalingan bemorlarga g‘amxo‘rlik qilganda, shuningdek, o‘tkir respirator virusli infeksiya belgilari bo‘lgan odamlar bilan muloqot qilganda nafas olish tizimini niqob yordamida himoya qilish kerakligi aytiladi.

5. Rospotrebnadzor, shuningdek, o‘tkir respirator virusli infeksiya belgilari paydo bo‘lganda ham uydan ko‘chaga chiqmaslikka va shifokorga murojaat qilishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

360

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing