Koronavirus: O‘zbekistonning barcha hududlaridan bemorlar aniqlandi
Jamiyat
−
23 may 2021
10601Kecha, 22 may kuni barcha hududlarda kasallanishlar aniqlanib, shifoxonada koronavirusdan davolanayotganlar soni 3841 nafarni tashkil qildi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 22 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 287 kishiga ortib, 98 451 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 6 nafari Andijon viloyatida;
- 4 nafari Buxoro viloyatida;
- 3 nafari Jizzax viloyatida;
- 4 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 2 nafari Navoiy viloyatida;
- 8 nafari Namangan viloyatida;
- 43 nafari Samarqand viloyatida;
- 7 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida;
- 6 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 5 nafari Xorazm viloyatida;
- 60 nafari Toshkent viloyatida;
- 136 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
- Kecha kun davomida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 16 nafar;
- Andijon viloyatida 29 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 9 nafar;
- Namangan viloyatida 12 nafar;
- Samarqand viloyatida 39 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 12 nafar;
- Toshkent viloyatida 56 nafar;
- Toshkent shahrida 124 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 93930 (+297) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3841 nafar bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023