Koronavirus: O‘zbekistonning 12 hududidan 187 bemor aniqlandi. Bir kishi vafot etdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 30 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 82869 (+187) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 2 nafari Andijon viloyatida;
  • 5 nafari Buxoro viloyatida;
  • 5 nafari Jizzax viloyatida;
  • 2 nafari Namangan viloyatida;
  • 18 nafari Samarqand viloyatida;
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 1 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 1 nafari Xorazm viloyatida;
  • 32 nafari Toshkent viloyatida;
  • 110 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 629 nafarga etdi.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 7 nafar;
  • Qashdadaryo viloyatida 1 nafar;
  • Toshkent viloyatida 15 nafar;
  • Toshkent shahrida 161 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 80983 (+184) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1257 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

280

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing