Koronavirus O‘zbekistonda: yuqtirganlar 46 mingdan oshdi!
Jamiyat
−
11 Sentabr 2020
8438Bugun, 11 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 233 nafarga oshib, jami bemorlar soni 46 160 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bedi.
Yangi kasallanish holatlari:
• 117 nafari Toshkent shahrida;
• 66 nafari Toshkent viloyatida;
• 50 nafari Namangan viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Parkent tumanida yashagan 62 yoshli X.A. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli Z.D. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 183 nafar, Toshkent viloyatida 93 nafar, Namangan viloyatida 10 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar, Navoiy viloyatida 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda 42 857 (+302) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozir mamlakatda 2 926 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 11 sentyabr kuni soat 10:00 da 248 nafar yangi bemor aniqlangandi. Kun davomidagi o‘sish 481 tani tashkil etmoqda.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi