Koronavirus: O‘zbekistonda yangi holatlar yana ko‘paydi. Bir kishi vafot etdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 7 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 105 nafarga ortib, 84 322 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 2 nafari Andijon viloyatida;
  • 9 nafari Buxoro viloyatida;
  • 18 nafari Samarqand viloyatida;
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida; 
  • 1 nafari Xorazm viloyatida;
  • 24 nafari Toshkent viloyatida;
  • 132 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 7 nafar;
  • Samarqand viloyatida 4 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 21 nafar;
  • Toshkent viloyatida 18 nafar;
  • Toshkent shahrida 129 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 82234 (+179) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 634 nafarga etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1454 nafar bemordan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing