Koronavirus: O‘zbekistonda yangi holatlar kamaydi. Bir kishi vafot etdi
Jamiyat
−
06 aprel 2021
8250Joriy yilning 5 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 133 nafarga ortib, 83 935 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 3 nafari Andijon viloyatida;
- 1 nafari Buxoro viloyatida;
- 4 nafari Navoiy viloyatida;
- 2 nafari Namangan viloyatida;
- 16 nafari Samarqand viloyatida;
- 2 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida;
- 2 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 3 nafari Xorazm viloyatida;
- 3 nafari Toshkent viloyatida;
- 93 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Buxoro viloyatida 5 nafar;
- Jizzax viloyatida 4 nafar;
- Surxondaryo viloyatida 1 nafar;
- Toshkent viloyatida 4 nafar;
- Toshkent shahrida 104 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 81881 (+118) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 632 nafarga etdi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1422 nafar bemordan 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi