Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik kasallanishlar soni ortdi, 2 bemor vafot etdi
Jamiyat
−
16 iyun 2021 5966 1 daqiqa
Kecha, 15 iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha kunlik kasallanishlar 350 nafarni tashkil qildi, 2 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yil 15 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104 463 (+350) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 14 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 3 nafari Andijon viloyatida;
- 11 nafari Buxoro viloyatida;
- 16 nafari Jizzax viloyatida;
- 8 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 1 nafari Navoiy viloyatida;
- 7 nafari Namangan viloyatida;
- 24 nafari Samarqand viloyatida;
- 4 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 36 nafari Surxondaryo viloyatida;
- 6 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 6 nafari Xorazm viloyatida;
- 41 nafari Toshkent viloyatida;
- 173 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 11 nafar;
- Buxoro viloyatida 13 nafar;
- Jizzax viloyatida 15 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 26 nafar;
- Navoiy viloyatida 2 nafar;
- Namangan viloyatida 6 nafar;
- Samarqand viloyatida 20 nafar;
- Surxondaryo viloyatida 4 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 17 nafar;
- Xorazm viloyatida 12 nafar;
- Toshkent viloyatida 47 nafar;
- Toshkent shahrida 169 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 100328 (+342) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 711 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3424 nafar bemor davolanmoqda.
Live
Barchasi