Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik kasallanish holatlari o‘smoqda

Jamiyat

image

2021 yil 16 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 167268 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 624 kishida koronavirus aniqlangan.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    65 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
•    15 nafari Andijon viloyatida;
•    9 nafari Buxoro viloyatida;
•    14 nafari Jizzax viloyatida;
•    5 nafari Qashqadaryo viloyatida;
•    6 nafari Navoiy viloyatida;
•    17 nafari Namangan viloyatida;
•    51 nafari Samarqand viloyatida;
•    10 nafari Sirdaryo viloyatida;
•    18 nafari Surxondaryo viloyatida;
•    56 nafari Farg‘ona viloyatida;
•    19 nafari Xorazm viloyatida;
•    123 nafari Toshkent viloyatida;
•    216 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida: 

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 90 nafar;
•    Andijon viloyatida 35 nafar;
•    Jizzax viloyatida 23 nafar;
•    Qashqadaryo viloyatida 10 nafar;
•    Navoiy viloyatida 28 nafar;
•    Namangan viloyatida 8 nafar;
•    Samarqand viloyatida 149 nafar;
•    Surxondaryo viloyatida 42 nafar;
•    Farg‘ona viloyatida 56 nafar;
•    Toshkent viloyatida 241 nafar;
•    Toshkent shahrida 295 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 160421 (+977) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Kecha 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1179 nafarni tashkil qildi.

Shuningdek, 133 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 25956 nafarga yetdi. Kecha ularning 525 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 21297 nafarni tashkil qilmoqda. Bir nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 211 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

154

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing