Koronavirus: O‘zbekistonda kasallanganlarning deyarli yarmi Toshkentdan chiqdi
Jamiyat
−
01 fevral 2022 7022 1 daqiqa
Kecha, 31yanvar kuni O‘zbekistonda 1015 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Mamlakatda jami kasallanganlar soni 224 023 (+1015) nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 43 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
• 28 nafari Andijon viloyatida,
• 29 nafari Buxoro viloyatida,
• 25 nafari Jizzax viloyatida,
• 37 nafari Qashqadaryo viloyatida,
• 17 nafari Navoiy viloyatida,
• 26 nafari Namangan viloyatida,
• 58 nafari Samarqand viloyatida,
• 14 nafari Sirdaryo viloyatida,
• 42 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 94 nafari Farg‘ona viloyatida,
• 21 nafari Xorazm viloyatida,
• 78 nafari Toshkent viloyatida,
• 503 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Buxoro viloyatida 34 nafar,
• Navoiy viloyatida 20 nafar,
• Samarqand viloyatida 13 nafar,
• Surxondaryo viloyatida 9 nafar,
• Xorazm viloyatida 31 nafar,
• Toshkent viloyatida 24 nafar,
• Toshkent shahrida 48 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 210346 (+179) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1568 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 196 nafar kishida pnevmoniya aniqlangan.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr