Koronavirus O‘zbekistonda: 6 sentyabr tafsilotlari
Jamiyat
−
07 Sentabr 2020
274406 sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 76 nafarga ortib, 43 663 kishini tashkil etdi. Shu kuni mamlakatning jami 7 ta hududida 293 holatda kasallik qayd etildi.
Yangi kasallanish holatlari:
• 70 nafari Toshkent viloyatida hamda
• 6 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Yunusobod tumanida yashagan 68 yoshli A.R. (erkak) vafot etdi. 6 sentyabr kuni umumiy hisobda 5 ta o‘lim holati qayd etildi.
Bugun Toshkent shahrida 279 nafar, Toshkent viloyatida 91 nafar, Qashqadaryo viloyatida 10 nafar, Samarqand viloyatida 8 nafar, Surxondaryo viloyatida 7 nafar hamda Namangan viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, mamlakatda 41 277 (+397) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 038 nafar bemordan 375 nafari og‘ir, 219 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda mamlakatda 2 038 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi