Koronavirus: O‘zbekistonda 200 ga yaqin bemor aniqlandi. Bir kishi vafot etdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 6 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 192 nafarga ortib, 84 127 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 2 nafari Andijon viloyatida;
  • 4 nafari Buxoro viloyatida;
  • 15 nafari Samarqand viloyatida;
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 2 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 2 nafari Xorazm viloyatida;
  • 22 nafari Toshkent viloyatida;
  • 140 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 4 nafar,
  • Toshkent viloyatida 21 nafar,
  • Toshkent shahrida 138 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 82055 (+174) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 633 nafarga etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1439 nafar bemordan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing