Koronavirus: SSV ilk bor 800 dan ortiq yangi bemor va 8 o‘lim haqida xabar berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2021 yil 27 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 126627 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 843 kishida koronavirus aniqlangan. Bu O‘zbekistonda pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 80 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 21 nafari Andijon viloyatida,
  • 21 nafari Buxoro viloyatida,
  • 89 nafari Jizzax viloyatida,
  • 24 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 18 nafari Navoiy viloyatida,
  • 31 nafari Namangan viloyatida,
  • 85 nafari Samarqand viloyatida,
  • 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 95 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 75 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 56 nafari Xorazm viloyatida,
  • 98 nafari Toshkent viloyatida,
  • 123 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 556 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 75 nafar,
  • Buxoro viloyatida 19 nafar,
  • Jizzax viloyatida 95 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 22 nafar,
  • Navoiy viloyatida 20 nafar,
  • Namangan viloyatida 20 nafar,
  • Samarqand viloyatida 158 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 31 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 96 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 56 nafar,
  • Xorazm viloyatida 40 nafar,
  • Toshkent viloyatida 68 nafar,
  • Toshkent shahrida 125 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 121145 (+825) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 853 nafarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

133

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing