Koronavirus: SSV 900 dan ortiq yangi holat haqida ma’lumot berdi
Jamiyat
−
15 avgust 2021
50572021 yil 14 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 143041 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 917 kishida koronavirus aniqlangan.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 83 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 36 nafari Andijon viloyatida,
- 23 nafari Buxoro viloyatida,
- 69 nafari Jizzax viloyatida,
- 30 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 19 nafari Navoiy viloyatida,
- 44 nafari Namangan viloyatida,
- 94 nafari Samarqand viloyatida,
- 23 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 91 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 79 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 30 nafari Xorazm viloyatida,
- 97 nafari Toshkent viloyatida,
- 199 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 89 nafar,
- Buxoro viloyatida 18 nafar,
- Jizzax viloyatida 57 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 110 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 84 nafar,
- Xorazm viloyatida 36 nafar,
- Toshkent viloyatida 118 nafar,
- Toshkent shahrida 124 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 135864 (+636) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 976 nafarni tashkil qildi.
LiveBarchasi