Koronavirus dunyo shokolad sanoatiga qanday ta’sir qilmoqda?

Olam

image

Jahon shokolad sanoati jiddiy muammolarga duch keldi. Koronavirus tufayli qandolat mahsulotlariga talab keskin pasayib ketdi. Bu ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida qiyinchiliklarga olib kelmoqda. Bu haqda tahlilchilar va soha vakillari "Bloomberg" nashriga ma’lum qildi.

Shokoladning asosiy iste’molchisi hisoblangan Yevropada yil oxiriga qadar kakaoni qayta ishlash uch foizga tushishi mumkin. Shimoliy Amerikada ushbu ko‘rsatkich 5,3 foizga pasayishi kutilmoqda. Eng katta pasayish Osiyo mintaqasida bo‘lishi mumkin. Tahlilchilar ushbu mintaqada kakaoni qayta ishlash to‘qqiz foizga kamayishini taxmin qilmoqda.

Kot-d’Ivuar, kakao yetakchi ishlab chiqaruvchisi, shuningdek, dunyoda ishlab chiqarishda ikkinchi o‘rinda turgan Gana, o‘z mahsulotlariga cheklov joriy qildi. Bu talab va narxlarning pasayishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash uchun amalga oshirildi. Yil boshidan beri Nyu-York fond birjasida sotiladigan kakaoga bo‘lgan talab 9,9 foizga tushdi.

“Shokoladga talab narxlarning ko‘tarilishi va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning keskin pasayishi natijasida kamayadi. Inqirozning ta’siri ikkinchi chorakda yanada kuchliroq seziladi", deydi iqtisodiy tahlilchi Erik Bergman.

Xalqaro valyuta jamg‘armasining prognozlariga ko‘ra, bu yil global YAIM uch foizga pasayadi. 2008-2009 yillardagi inqiroz vaqtida kakao ishlab chiqarish global miqyosda 6,3 foizga pasaygan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Iqtisodiy inqiroz Shokolad

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar