Koronavirus sabab golland lolalariga qirg‘in keldi
Olam
−
13 aprel 2020
6622Gollandiyadagi gul kompaniyalari koronavirus pandemiyasi tufayli ularga bo‘lgan talab kamaygani sababli 400 million gulni yo‘q qilishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “New York Times” gazetasi yozmoqda.
Mamlakatdagi Royal Flora Holland floristlar jamiyati menejeri Fred van Tolning ma’lum qilishicha, yo‘l qilingan gullar ichidan 140 milliontasi gollan lolalaridir.
“Bu virus sotuv eng avjiga chiqqan payt paydo bo‘ldi va ishimizga qattiq ta’sir ko‘rsatdi”, dedi Fred van Tol. Sotuv boshlanganidan to‘rt hafta o‘tganda qayd etilgan savdo aylanmasi, 2019 yilning shu davriga nisbatan 50 foizga tushib ketgan.
Gazetada yozilishicha, mamlakat yilning shu davrida Gollandiyaning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri - Lissadagi lolalar maydonlari, za’faron va nargizlarni ko‘rish uchun keladigan yuzlab sayyohlarni yo‘qotdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Gollandiyada koronavirusga 26 551 nafar odam chalindi. 250 bemor shifo topgan bo‘lsa, 2 823 kishi vafot etdi.
LiveBarchasi