Koronavirus: Rossiyada antirekord qayd etildi

Olam

image

Rossiyada kecha, 21 yanvar kuni pandemiya boshlanganidan beri kunlik kasallanish bo‘yicha rekord qayd etildi. Bir kunda 57 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlandi. Bu haqda COVID-19 ga qarshi kurash bo‘yicha tezkor federal shtab ma’lum qildi.

Rossiyada o‘tgan sutka davomida 57 212 ta holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu avvalgi kunga nisbatan 15,55 foizga ko‘p (49 513 ta) va pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Kasallanganlarning umumiy soni 11 044 986 taga yetgan.

Yangi holatlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘lgan hududlar:

•  Moskva - 16 094 (umumiy - 2 157 008),
•  Sankt-Peterburg - 8 451 (912 224),
•  Moskva viloyati - 6400 (685 978),
•  Nijniy Novgorod viloyati - 1 358 (241 392),
•  Yakutiya - 1003 (81 889).

Rossiyada o‘tgan kun davomida 681 bemor vafot etgan, bu avvalgi kunga nisbatan 11 kishiga kam (692). Vafot etganlarning umumiy soni 325 433 nafarga yetgan. Sutka davomida 25 525 nafar, jami 10 000 057 kishi koronavirusdan vafot etgan. 

O‘limlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘lgan hududlar:

•  Moskva - 69 (pandemiya boshlanganidan beri - 38 295);
•  Sankt-Peterburg - 58 (29 351);
•  Moskva viloyati - 38 (12 997).

Mamlakatda bemorlar soni bo‘yicha rekordlar ketma-ket ikkinchi kun yangilanmoqda. COVID-19’ning yangi to‘lqini fonida hukumat masofaviy ish rejimiga o‘tadi. Hokimiyat uyda davolanayotganlarning dori-darmonlari uchun 5 milliard rubl (65 mln 195 000 dollar) ajratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

199

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing