Koronavirus organizmga qay tarzda kiradi?

Jamiyat

image

Koronavirus infeksiyasi tarqalishi bugungi kunda dolzarbligicha qolmoqda. Virusning yuqish yo‘llari ko‘p bo‘lib, infeksiya asosan burun va og‘iz bo‘shlig‘i orqali o‘pkaga tushadi. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti dotsenti Abdumo‘min Xushboqov koronavirusning burun orqali yuqishi haqida ma’lumot berdi.

“Koronavirus organizmga burun va og‘iz orqali kiradi. Biz burun orqali nafas olamiz va virus asosan shu a’zodan organizmga o‘tadi. Koronavirus burun bo‘shlig‘iga kirgandan keyin shilliq qavatda 7,35 – 7,45 ishqoriy muhit bor. Bu degani burun bo‘shlig‘idagi shilliq qavatlar namlik ichida ishqoriy muhitni saqlaydi”, dedi Abdumo‘min Xushboqov.

Dotsentning so‘zlariga ko‘ra, burun shunday xususiyatga egaki, u himoya vazifasini bajaradi. Burun bo‘shlig‘iga tushgan havo aylanma harakatlanib, burun ichidagi egri yo‘llardan o‘tgandan keyingina isib, namlanib, tozalangan holda halqum yordamida nafas yo‘liga o‘tib ketadi.

Virus ishqoriy muhitga kelib taqalganidan keyin u yerda to‘sqinlikka uchrab nobud bo‘ladi. Koronavirus infeksiyasi juda tez ko‘payadi. Burun bo‘shlig‘i shilliq qavati infeksiyaning hammasini birdaniga zararsizlantirish qobiliyatiga ega emas.

“Organizmning tashqi muhitga ta’sir ko‘rsatish qobiliyati har doim ham bir xil bo‘lavermaydi. Immunitet past bo‘lganda infeksiya yanada tezlik bilan ko‘payadi. Virus burun va tomoqda 2 kungacha saqlanadi. Undan keyin ma’lum bir miqdorga yetadi va o‘pka tomon harakatlanadi, deydi Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti dotsenti.

Ma’lumot uchun, butun dunyoda ushbu virusni yuqtirib olganlar soni 22 mlndan oshgan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich O‘zbekistonda esa qariyb 37 mingga yetdi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

304

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing