Koronavirus necha turga bo‘linadi?
Salomatlik
−
08 Oktabr 2020 11726 1 daqiqa
Yangi koronavirusning ikki xil turi mavjud. Bu haqda rossiyalik shifokor va teleboshlovchi Aleksandr Myasnikov ma’lum qildi.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, birinchi ko‘rinish o‘tkir respiratorli infeksiyaga o‘xshaydi - yuqtirganlarning 90 foizi u bilan kasallangan. Ikkinchi ko‘rinish esa SOVID-19 - virusli pnevmoniya bo‘lib, u juda kam uchraydi.
Shifokorning ta’kidlashicha, birinchi ko‘rinish ambulator sharoitida, ikkinchisi - klinik ko‘rinishiga qarab davolanishi kerak.
Qayd etish kerakki, shu paytgacha 6 xil koronavirus aniqlangan. Jumladan, HCoV-229E, HCoV-NL63, HCoV-OC43, HCoV-HKU, SARS-CoV, MERS-CoV, SARS-CoV-2.
Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirus yuqtirganlar 36 milliondan oshdi. 1 milliondan ortiq kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr