Koronavirus: kunlik kasallanishlar soni kamaydi

Jamiyat

image

2021 yil 15 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 143918 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 877 kishida koronavirs aniqlangan.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 81 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 34 nafari Andijon viloyatida,
  • 20 nafari Buxoro viloyatida,
  • 65 nafari Jizzax viloyatida,
  • 20 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 21 nafari Navoiy viloyatida,
  • 42 nafari Namangan viloyatida,
  • 90 nafari Samarqand viloyatida,
  • 22 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 87 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 76 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 32 nafari Xorazm viloyatida,
  • 93 nafari Toshkent viloyatida,
  • 194 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Jizzax viloyatida 20 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 54 nafar,
  • Navoiy viloyatida 25 nafar,
  • Samarqand viloyatida 151 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 81 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 80 nafar,
  • Xorazm viloyatida 36 nafar,
  • Toshkent viloyatida 127 nafar,
  • Toshkent shahrida 134 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 136572 (+708) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 981 nafarni tashkil qildi.

Bundan tashqari, 15 avgust kuni 479 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 18395 nafarga yetdi. Kecha ularning 475 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 10977 nafarni tashkil qilmoqda. 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 123 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing