Koronavirus: kunlik kasallanish ikkinchi kun ketma-ket pasaydi
Jamiyat
−
25 yanvar 2022 5471 2 daqiqa
Kecha, 24 yanvar kuni O‘zbekistonda 1120 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Mamlakatda jami kasallanganlar soni 216186 (+1123) nafarga yetdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 59 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
• 43 nafari Andijon viloyatida,
• 60 nafari Buxoro viloyatida,
• 31 nafari Jizzax viloyatida,
• 25 nafari Qashqadaryo viloyatida,
• 21 nafari Navoiy viloyatida,
• 51 nafari Namangan viloyatida,
• 39 nafari Samarqand viloyatida,
• 20 nafari Sirdaryo viloyatida,
• 37 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 173 nafari Farg‘ona viloyatida,
• 35 nafari Xorazm viloyatida,
• 115 nafari Toshkent viloyatida,
• 414 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 15 nafar,
• Andijon viloyatida 70 nafar,
• Buxoro viloyatida 87 nafar,
• Jizzax viloyatida 94 nafar,
• Qashqadaryo viloyatida 35 nafar,
• Navoiy viloyatida 54 nafar,
• Namangan viloyatida 85 nafar,
• Samarqand viloyatida 41 nafar,
• Sirdaryo viloyatida 23 nafar,
• Surxondaryo viloyatida 59 nafar,
• Farg‘ona viloyatida 126 nafar,
• Xorazm viloyatida 145 nafar,
• Toshkent viloyatida 192 nafar,
• Toshkent shahrida 252 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 205495 (+1278) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1545 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 98 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Live
Barchasi