Koronavirus Xitoy laboratoriyasida tayyorlanganmi? JSST Uxandagi tekshiruv natijasini e’lon qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 30 mart kuni Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirus kelib chiqishini bilish uchun mutaxassislarning Uxanga qilgan safari natijalari to‘g‘risida hisobotni e’lon qildi.

Ushbu hujjatda quyidagi xulosalar qayd etilgan:

•  JSST mutaxassislari virusning kelib chiqishi to‘g‘risida aniq xulosaga kela olmadi;

•  tashkilot ekspertlari infeksiya kelib chiqishining laboratoriya versiyasini ehtimoldan yiroq, deb topdi. Ularning fikriga ko‘ra, virus odamlarga “tashuvchi” orqali yuqqan, degan variant haqiqatga yaqin;

•  COVID-19 ning birinchi tashuvchilari, ehtimol, ko‘rshapalaklar bo‘lgan. Keyinchalik virus boshqa hayvonlarning tanasida mutatsiyaga uchragan bo‘lishi mumkin. Koronavirusning oraliq tashuvchisi qorakuzan, quyonlar, rakun itlari, uy mushuklari va tovuqlar bo‘lishi mumkin;

•  olimlar Uxan shahrida koronavirus paydo bo‘lishiga muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish sabab bo‘lgan degan variantga ham ishonmoqda;

•  xalqaro ekspertlar odamlar qaysi davrda koronavirus bilan kasallana boshlaganini aniq aytolmagan. Hisobot mualliflarining fikriga ko‘ra, bu virus 2019 yil noyabr oyining o‘rtalari va dekabr oyida tarqalishni boshlagan bo‘lishi mumkin;

•  mutaxassislar, shuningdek, koronavirusning yangi turini yuqtirish ba’zi mamlakatlarda Uxanga qaraganda ancha oldin boshlanganiga ham e’tibor qaratgan.

Eslatib o‘tamiz, JSST mutaxassislari joriy yilning yanvar oyida Uxanga tashrif buyurgan. Tashkilot missiyasi tarkibidan Rossiya, Avstraliya, Daniya, Germaniya, Keniya, Yaponiya, Gollandiya, Qatar, Sudan, Buyuk Britaniya, AQSH va Vetnamdan kelgan mutaxassislar hamda ularning Xitoydagi hamkasblari o‘rin olgandi. 

Ma’lumot uchun, koronavirus “o‘chog‘i” bo‘lgan Xitoyning Uxan shahrida COVID-19 epidemiyasi 2019 yilning dekabr oyida boshlangandi.

30 mart holati bo‘yicha butun dunyo bo‘ylab ushbu virusni 128 milliondan ortiq odam yuqtirib oldi, 2 million 800 mingdan oshiq inson undan vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

844

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing