Koronavirus: kecha qariyb 900 kishida virus aniqlandi, 7 bemor vafot etdi
Jamiyat
−
03 avgust 2021
49232021 yil 2 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 131978 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 899 kishida koronavirus aniqlangan.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 94 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 42 nafari Andijon viloyatida,
- 24 nafari Buxoro viloyatida,
- 97 nafari Jizzax viloyatida,
- 26 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 17 nafari Navoiy viloyatida,
- 32 nafari Namangan viloyatida,
- 93 nafari Samarqand viloyatida,
- 25 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 98 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 86 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 45 nafari Xorazm viloyatida,
- 99 nafari Toshkent viloyatida,
- 121 nafari Toshkent shahrida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 87 nafar,
- Buxoro viloyatida 37 nafar,
- Jizzax viloyatida 132 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 16 nafar,
- Namangan viloyatida 21 nafar,
- Samarqand viloyatida 80 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 31 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 100 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 93 nafar,
- Xorazm viloyatida 60 nafar,
- Toshkent viloyatida 78 nafar,
- Toshkent shahrida 109 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 125572 (+844) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 893 nafarni tashkil qildi.
LiveBarchasi