Koronavirus qo‘zg‘agan Xitoy yirik musobaqa mezbonligidan voz kechdi
Olam
−
14 may 2022
4450Xitoy koronavirus tufayli 2023 yilgi Osiyo Kubogi mezbonligidan voz kechdi, chunki mamlakat pandemiyaning dastlabki kunlaridan beri eng yomon epidemiyaga qarshi kurash olib bormoqda.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) Xitoy rasmiylarini "Osiyo Kubogi jamoaviy manfaatlari uchun juda qiyin, ammo muhim qaror" qabul qilgani uchun maqtadi.
24 mamlakat ishtirok etadigan ushbu turnir kelasi yilning iyun va iyul oylarida 10 ta shaharda, asosan, yangi qurilgan stadionlarda o‘tkazilishi kerak edi.
14 may kuni Xitoyning mezbon bo‘lishdan voz kechishi Qatar yoki Saudiya Arabistoniga musobaqa mezboni bo‘lish imkonini berishi mumkin. Ikkalasi ham 2027 yilgi musobaqaga mezbonlik qilish uchun kurash olib bormoqda. Hindiston va Eron ham 2027 yilgi musobaqani o‘zida o‘tkazishga da’vogar bo‘lmoqchi.
OFK yangi mezbon nomini aytmadi, faqat “keyingi qadamlar” o‘z vaqtida e’lon qilinishini ma’lum qildi.
Qatarda noyabr oyida boshlanadigan 2022 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan stadionlar mavjud. Biroq, Qatarda yozning haddan tashqari issiqligi tufayli Osiyo Kubogi 2023 yil iyunida boshlanmasligi mumkin, bu esa 2024 yil boshini yaxshiroq variantga aylantiradi.
To‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan Osiyo kubogi an’anaviy tarzda yanvar va fevral oylarida bo‘lib o‘tadi. Turnirga Qatar (2011) va Avstraliya (2015) mezbonlik qilgan bo‘lsa, 2019 yilgi musobaqa Birlashgan Arab Amirliklarida 5 yanvardan 1 fevralgacha bo‘lib o‘tgan.
Kamronbey Kenjayev
LiveBarchasi