Koronavirus qayerlarda yoyilayotganini onlayn kuzatish mumkin

Olam

image

Internetda Xitoyda paydo bo‘lgan 2019-nCoV koronavirusi tarqalayotgan hududlarni onlayn kuzatib borishga mo‘ljallangan onlayn karta paydo bo‘ldi. U tizimli fanlar va muhandislik tadqiqot markazi (CSSE) tomonidan ishlab chiqildi.

Unda virus kirib borgan Yer yuzidagi butun davlatlar aks etgan. 

Xizmat ko‘rsatish interfeysi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda AQSH, Xitoy va Yevropadagi virusga qarshi kurash markazlaridan olingan ma’lumotlar asosida ishlaydi. Yaqin soatlar ichida olingan ma’lumotlarga ko‘ra, virusga chalinganlar miqdori 2800 ga yaqinlashib qolgan.

Onlayn panelda tasdiqlangan kasallik holatlari, virus tarqalishining dinamikasi, shuningdek, tuzalib ketgan va halok bo‘lganlarning soni ko‘rsatiladi. 2019-nCoV Xitoydan tashqari davlatlarga tarqalgan bo‘lsa ham, ular soni kamligini ko‘rish mumkin.

Servis xizmatidan ushbu havola orqali foydalanish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

277

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing