Koronavirus infeksiyasidan so‘ng miyada tromb hosil bo‘ladimi?

Salomatlik

image

Bugungi kunda aholini koronavirus asoratlari haqidagi bir qancha savollar qiziqtiryapti. Ana shunday savollardan biri kasallikdan keyin miyada tromb hosil bo‘lishidir. Bu haqida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva AOKAda o‘tkazilgan brifingda javob berdi. 

“Koronavirus infeksiyasi qon-tomirlarni jarohatlab, asoratlar qoldirishi tasdiqlangan. Lekin hammada ham emas. Bosh miyada tromb hosil bo‘lsa, bemor holati to‘liq o‘rganiladi. Bu o‘ta xavfli bo‘lib, to‘satdan tromb qon-tomirlar yorilishini keltirib chiqaradi va bosh miyada qon quyulishiga olib kelishi mumkin. Shu bois bunday bemorlarga kuchli harakatlar bajarish taqiqlanadi. Zudlik bilan nevropatolog, kardiolog nazoratida bo‘lib, tegishli tekshiruvlardan o‘tish zarur”, deydi Sevara Ubaydulayeva.

Ekspertning ta’kidlashicha, agar bemor kasallikning og‘ir formasini o‘tkazib, o‘zida holsizlik, mushaklarning asabiy tortilishini sezib, juda ko‘p esnasa, bunday bemorlar oilaviy shifokor, nevropotolog, kardiolog, gastroenterologga uchrashi kerak. Organlarning zararlanishi bilan bog‘liqlikni aniqlash uchun bir nechta labarator-instrumental analizlar topshiriladi. 

“O‘tkir nafas kasalliklarini keltirib chiqaruvchi boshqa infeksiyalardan farqli ravishda koronavirus burun va tomoq yo‘li oqsillari bilan birlashib, hujayralarga kirib oladi hamda 7-10 kun davomida burun bo‘shlig‘i hujaylarida saqlanadi va ko‘payadi. Oqibatda inson kasallik tashuvchisiga aylanadi. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, 5-7 kunga o‘zingizni izolyatsiya qiling va 7 kundan so‘ng PZR testni qayta topshiring. Unga qadar oilaviy shifokorga murojaat qilib, uning nazoratida bo‘ling, karantin va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling. Agar uyda izolyatsiyaning imkoni bo‘lmasa, boshqalarga yuqtirmaslik uchun niqobni yechmaslikka harakat qiling”, deydi Sevara Ubaydullayeva.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

182

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing