Koronavirus futbolchilar orasida ruhiy xastalik xavfini oshirmoqda – FIFPro
Sport
−
10 aprel 2020
4627Xalqaro Professional futbolchilar assotsiatsiyasi (FIFPro) bosh kotibi Yonas Bayer-Xoffmanning aytishicha, pandemiya futbolchilar orasida ruhiy xastalik xavfini oshirmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, futbolchilar uchun xavotirlar va turli psixologik muammolar butun aholiga nisbatan ko‘proq oshadi. Chunki ko‘pchilik uchun bu keskin va beqaror ish. Koronavirus esa bu vaziyatni yanada kuchaytiradi.
“Hozirda yolg‘iz qolgan va o‘z vatanidan uzoqda bo‘lgan yosh futbolchilar juda ko‘p. Ularni tez-tez qo‘llab-quvvatlashmaydi va ularning aksariyati o‘z shartnomalarini 1 yil muddatga tuzgan. Bu futbolchilarda ushbu mavsumdan keyin biron bir daromad oladimi yoki yo‘qmi, degan xavotirni uyg‘otadi », - dedi FIFPro rahbari.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab Yevropadagi qator chempionatlar to‘xtatildi. Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi bahslari ham shular qatoriga kiradi. Bundan tashqari, 2020 yilda o‘tishi rejalashtirilgan Yevropa chempionati musobaqasi ham 2021 yilda o‘tkaziladigan bo‘ldi.
LiveBarchasi