Koronavirus fonida jizzaxlik ikki kishi pichoqlandi (video)
Jamiyat
−
23 mart 2020
11891O‘zbekistonda koronavirusning yoyilishining oldini olish maqsadida 2020 yilning 21 mart kunidan boshlab barcha hududlardagi oshxona va choyxonalarning faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi. Ammo ko‘pchilik vaziyatning jiddiy ekanligini anglab yetmayapti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Jizzax shahar, “Tinchlik” MFYda istiqomat qiluvchi 1964 va 1965 yillarida tug‘ilgan ikki nafar fuqaro Sharof Rashidov tumani, “Xayrobod” MFY, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasiga keladi. Ular taom buyurtma qilmoqchi bo‘ladi. Choyxona oshpazi ushbu fuqarolarga koronavirus sabab oshxona ishlamayotganini tushuntirsa-da, xo‘randalar o‘jarlik qilaveradi. Oqibatda janjal kelib chiqadi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Choyxona ro‘parasida istiqomat qiluvchi 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro va uning ukasi 2003 yilda tug‘ilgan, 52-sonli umumta’lim maktabining o‘quvchisi janjalni eshitib ko‘chaga chiqadi. Ular choyxona oshpaziga yordamga shoshadi.
Shunda janjal boshlagan fuqaro yonida doimiy olib yurgan pichog‘i bilan aka-ukalarga tan jarohati yetkazadi. Oqibatda ulardan biri Respublika shoshilinch tez tibbiy markazining Jizzax filiali bolalar jarrohlik bo‘limiga, yana biri travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan.
Hozirda Sharof Rashidov tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi