Koronavirus fonida Suriyada sharq chipqoni avj olmoqda (fotoreportaj)

Olam

image

Koronavirus pandemiyasi fonida ko‘plab mintaqalarda turli yangi epidemiyalar avj olmoqda. Jumladan, Suriyaning Adlib shahrida Sog‘liqni saqlash xizmati xodimlari yetarli bo‘lmagani bois sharq chipqoni keng tarqalmoqda. 

Suriyada urush sabab shahar infratuzilmasi ishdan chiqqan. Kanalizatsiya quvurlariga jiddiy zarar yetgan. Urush davom etayotgan nuqtalardan qochib kelganlar lagerlarga joylashgan. Bu esa sharq chipqoni kasalligining rivojlanishiga, zararkunandalar esa uning asosiy tarqatuvchisi bo‘lishiga olib kelmoqda. 

Lagerlarda istiqomat qilayotgan mahalliy aholi uni an’anaviy tabobat orqali davolashga uringan, aksincha, kasallik yo‘qolish o‘rniga, keng tarqalmoqda. Ayni vaqtda lagerdagi 425 oiladan 120 tasida ushbu kasallik aniqlangan. 

Shifokorlarning ta’kidlashicha, bu yuqumli teri kasalligi bo‘lib, ayni vaqtda xastalikni davolash uchun Idlibda na dori-darmon, na shifokorlar bor. 

Mutaxasislarning qayd etishicha, kasallikning oldini olish uchun pashsha va chivinga qarshi vositalardan foydalanish, ochiq qolayotgan kanalizatsiya quvurlarini yopish kerak. 

Ma’lumot o‘rnida, sharq chipqoni asosan O‘rta yer dengizi va Yaqin Sharqda uchraydigan kasallik bo‘lib, ular pashsha va chivinlar orqali gigiyenik inqiroz kuzatilayotgan hududlarda tez tarqaladiyu Vaqt o‘tishi bilan tananing parazitlar chaqqan qismida pushti nuqta hosil bo‘ladi. Birozdan keyin u kattalashadi va yaraga aylanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

sharq chipqoni

Baholaganlar

553

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar