Koronavirus. Davolanayotganlar soni 3 mingdan pasaydi, 3 bemor vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 29 iyun kuni O‘zbekistonda 487 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 3 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Joriy yil 29 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 487 kishiga ortib, 110 677 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 15 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 16 nafari Andijon viloyatida,
  • 16 nafari Buxoro viloyatida,
  • 35 nafari Jizzax viloyatida,
  • 11 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 7 nafari Navoiy viloyatida,
  • 31 nafari Namangan viloyatida,
  • 85 nafari Samarqand viloyatida,
  • 16 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 51 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 60 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 52 nafari Toshkent viloyatida,
  • 89 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 18 nafar,
  • Buxoro viloyatida 18 nafar,
  • Jizzax viloyatida 19 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 11 nafar,
  • Navoiy viloyatida 11 nafar,
  • Namangan viloyatida 10 nafar,
  • Samarqand viloyatida 72 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 41 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 32 nafar,
  • Xorazm viloyatida 30 nafar,
  • Toshkent viloyatida 20 nafar,
  • Toshkent shahrida 365 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 107063 (+647) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 736 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2878 nafar bemor davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

135

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing