Koronavirus bo‘yicha statistika yolg‘onmi? SSV izoh berdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha noto‘g‘ri statistika yuritilmagan. Gap shundaki, faqat maxsus laborator tekshiruv tasdiqlagan bemorgina Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy statistikasiga kiritilgan. Bu haqda SSV Matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev QALAMPIR.UZ uyushtirgan “Corona marafoni” doirasida bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Haqiqatan ham ohirgi bir yil ichida internet saytlar, ijtimoiy tarmoqlar hamda blogerlar o‘rtasida Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy statistikasi eng ko‘p bahsga sabab bo‘ldi. Maxsus laborator tekshiruv tasdiqlangan bemorgina Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy statistikasiga kiritiladi”, deydi Furqat Sanayev.

Vazirlik vakilining ta’kidlashicha, o‘lim holatini qayd etishda ham xalqaro talablar inobatga olingan qonun-qoida bor. 

“Demak, bemor koronavirusga chalinishi, shu bilan birga unda surunkali kasallik ham bo‘lishi mumkin. Bunday holatda bemor vafot etsa, o‘limga koronavirus sabab bo‘lganini aniqlash uchun patologoanatomik tekshiruv o‘tkaziladi. Tekshiruv natijasi o‘limga koronavirus sabab bo‘lganini tasdiqlasa, rasmiy statistikaga kiritiladi. Ko‘p holatlarda bemor virus bilan og‘riydi va 10-12 kunda undan forig‘ bo‘ladi, biroq 17-18-kunda bemor o‘zining kasalligi bilan vafot etadi. Bunday vaziyatlarda yuqoridagi kabi tekshiruv o‘tkaziladi va ko‘p holatlarda o‘limga koronavirus sabab bo‘lmaydi”, deydi u.

Furqat Sanayev shuningdek, Prezident Matbuot xizmati va SSV Axborot xizmati bergan koronavirus statistikasi bo‘yicha ma’lumotning ikki xilligi keltirib chiqargan bahslarga ham to‘xtalib o‘tdi.

“To‘g‘ri shunday holat yuz berdi. Faqat Prezident Matbuot xizmati bergan statistikada shifoxonada yotgan umumiy bemorlarning soni aks etgan. Uning ichida koronavirusga gumon qilinganlardan tashqari pnevmoniyaga gumon qilingan va u bilan og‘riganlar hamda o‘tkir respirator kasalligiga chalinganlar ham bo‘lgan. Lekin SSV Matbuot xizmati bergan statistikaga faqat laborator tekshiruvda tasdiqlangan koronavirus bilan og‘rish holatlari kiritilgan”, deydi Furqat Sanayev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

475

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing